O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan joriy yilning 5 may sanasida 45 nafar mehnat faxriylarining kuxna va navqiron Shahrisabz shahriga sayoxati va madaniy tadbiri tashkil etildi.
Mehnat faxriylari Shahrisabz shahrida Oqsaroy, Dorul-tilovat, Dorul-saodat majmualari va ularni bog‘lovchi kurkam hiyobon, dam olish sayilgohlari va A.Temur muzeyida bo‘ldilar.
Shahrisabz shahar madaniyat uyi tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbir ularda iliq taassurot qoldirdi.