Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

To’ylaringiz muborak bo’lsin!

    Joriy yilning 12 may kuni soat 13-00 dan 15-00 gacha Koson tumanidagi “Umar ota” to‘yxonasida  “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 martdagi 346-F sonli farmoyishiga, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017 yil 6 apreldagi “Kasaba uyushmalarining xayriya tadbirlari to‘g‘risida”gi 6-45 “s” sonli qaroriga asosan 11 juft (Koson tumani 3 juft, Muborak tumani 5 juft va Kasbi tumani 3 juft) ehtiyojmand oilalar farzandlarining nikoh to‘ylari o‘tkazildi. Tadbir viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasidan tumanlarga biriktirilgan vakillar Sh.Kubayev, F.Tursunov va K.Ataboyev va to‘yni o‘tkazish yuzasidan tuzilgan tuman hokimliklari ishchi guruhi a’zolari tomonidan  namunali tarzda tashkil etildi.

To‘y kuniga qadar 11 juft kelin-kuyovlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, FXDYO bo‘limidan nikohlari qayd etildi va to‘y kuni nikoh guvohnomalari topshirildi.

Kelin-kuyovlar to‘y marosimi oldidan “Go‘zallik saloni”dan imtiyozli foydalanishlari tashkil etildi.

Kelin-kuyovlar uchun kiyim-kechak sifatida bir xil andozadagi  kostyum-shim, ko‘ylak, galstuk, tuflilar, kelinlar libosi, milliy kelinlar libosi to‘y komplekti, sari, nikoh uzuklari,guldasta olib berildi.

To‘y arafasida 11 nafar kelin-kuyovlarga 4 mln. 50 ming so‘mlik har bir kelin-kuyovga Prezident sovg‘asi sifatida yotoqxona mebellar to‘plami sovg‘a qilindi.

To‘yxonada shiorlar, ibratli so‘zlar, shar va har xil bezaklar o‘rnatilib, to‘yxona bayramona bezatildi.

Tadbirda  viloyat hokimi o‘rinbosari Muxtor Qo‘ldoshevich Hayitmurodov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Yanvar Po‘latovich Inoyatov,  Koson  tumani hokimi

Baxtiyor Eshtemirovich Rajapov, jamoatchilik vakillari va  kelin-kuyovlarning ota-onalari, qarindoshlari (Koson tumanidan  197 nafar, Muborak 116 nafar va Kasbi tumanidan 87 nafar) jami 400 nafar kishi  ishtirok etdi.

To‘yda Toshkent shahridan tashrif buyurgan san’atkorlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Toshpulat Matkarimov, tuman madaniyat bo‘limi xonanda, sozandalari ishtirok etishdi.

 Tadbirda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Yanvar Po‘latovich Inoyatov, Koson tuman hokimi Baxtiyor Eshtemirovich Rajapovlar so‘zga chiqdilar.

“O‘ztelekom” AK  viloyat bo‘limi bilan xamkorlikda to‘y o‘tadigan joyga LED  ekranlari o‘rnatildi. Ekranlar orqali to‘y jarayonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning  xalq bilan uchrashuvlari aks etgan  videolavhalar namoyish qilib borildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!