2017 yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi 2017 yilning 5 iyunidan boshlandi. Mavsumning har navbatida 6610 nafardan bolalarni dam oldirish mo‘ljallanmoqda.
Joriy yilgi mavsumda Kitob, Shaxrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 19 ta statsionar bolalar oromgohlarida mehnatkashlarning 26440 nafar farzandlari dam oldiriladi. Shundan 16180 ta yo‘llanma uchun davlat ijtimoiy sug‘urtasi fondidan mablag‘ ajratilishi, 10260 nafar bolalarni dam oldirish esa tuman, shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamda homiy tashkilot, korxona, muassasa va tadbirkorlar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.