Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohatlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va xuquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqoralarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun yangicha yondoshuv va tamoyillarni amalga oshirishni yangi bosqichiga o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning g‘oyasi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston hayotining ajralmas qismiga aylandi. Harakatlar strategiyasi bu O‘zbekiston hayotini yanada yaxshilashning qadamma-qadam rejasidir.
O‘tgan chorak asrlik istiqlol yillarida mamlakat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy nuqtai nazardan oyoqqa turdi, o‘z davlatchiligi asoslarini yaratdi. Ammo zamon ertangi kunga o‘ta jiddiy tayyorgarlikni, globallashib ulgurgan dunyodagi o‘zgarishlar, kurash va qarama-qarshiliklar ichida qat’iyat bilan, turli sinov va to‘siqlarga qarshi tura oladigan immunitet yaratgan holda borishni taqoza etadi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati bo‘lib, uning ustuvor vazifalariga majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanmaslikka ko‘maklashish ishlari ham kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining 14 ta Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan. Ushbu konvensiyalar sirasiga “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-Konvensiya, “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-Konvensiya kiradi.
Respublikamizda Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari qoidalariga amal qilish uchun tashkiliy va huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u xalqaro meyor va standartlar hisobga olingan holda rivojlanib bormoqda.
Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslikning huquqiy vositalarini takomillashtirish, ular uchun tegishli mehnat shart-sharoitlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha kafolatlar joriy etish, majburiy mehnat va bolalar mehnatga barham berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2013 yildan boshlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida o‘z yo‘nalishida yagona hisoblangan jamoatchilik instituti – O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyat yuritib kelmoqda.
2013-2017 yillarning kuz fasllarida kasaba uyushmalari, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda bolalar mehnati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining uslubiy va eksperti ko‘magida paxtachilikda majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanmaslik bo‘yicha monitoring ishlari olib borilayapti.
Viloyatimizda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mazkur sohada amaliyotga quyidagilar bo‘yicha muntazam monitoring joriy qilinishi kerak deb hisoblayman:
paxtachilikda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ijtimoiy yordam mexanizimlarini ishlab chiqish;
paxta yig‘im-terimi ishlarida ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlari mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy jamoatchilik nazoratini olib borish;
majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslikning yana biri shu ehtiyojga bo‘lgan ishchi kuchini kamaytirish uchun ratsionalizatorlik ishlanmalarining optimal variatlarini ishlab chiqib, uni bosqichma-bosqich amaliyotga tadbiq etgan holda paxta hosilini yig‘ib-terib olishni mexanizatsiyalashtirish;
viloyatimida majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslikka oid jarayonni boshqarishda, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining faol ishtirok etishlarini tartibga solishni zarur deb hisoblayman.
Chunki, ular o‘zlari vakillik qilayotgan tomonlarning imkoniyatlari salohiyatini yaxshi bilishlari tabiiy. Bir stol atrofida yig‘ilib, o‘zaro xamkorlikda amaliy samaraga erishishmiz mumkin.
Shuningdek, ta’lim muassasalari (kollej, litsey, maktablar)da o‘quvchilar o‘rtasida, o‘quv jarayonidan so‘ng turli sport musobaqalari, to‘garaklar, fan olimpiadalariga tayyorgarlik jarayonlarini tashkil etish, o‘quvchilarni mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishiga qaratilgan, qo‘shimcha ishlab chiqilgan dasturlarning bajarilishini ta’minlash zarur.
Muhim masalalardan yana biri bu fermer xo‘jaliklarida xodimlar bilan mehnat shartnomalari imzolanishiga erishish hamda ularning mehnat huquqlarini ijtimoiy sheriklik orqali qabul qilingan jamoa shartnomalari asosida himoyalash choralarini ko‘rish zarur. Fermer xo‘jaliklari mavsumiy ishchilar va terimchilar ixtiyoriy jamoasi bilan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzib keyin ularni yollash ishlarini to‘liq yo‘lga qo‘yishlari kerak.
Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Xarri Taliga vioyatimizdagi bir qator ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalarida, qishloq va mahallalar, paxta dalalarida monitoring ishlarini olib borib, viloyatimizda majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanilmayotganini guvohi bo‘ldi.
Seminar-treningdan asosiy maqsad paxtachilikda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik hamda Halqaro mehnat tashkilotining 105- va 182-sonli Konvensiyalari talablarini amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Tadbir yakunida seminar-trening ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga Xalqaro mehnat atkiloti eksperti mutasaddi tashkilot va idoralarning mutaxassis vakillari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.