Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish buyicha asosiy tadbirlar Dasturi” ni bajarilishida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va nazoratga olindi.

Shuningdek, AITB “Ipak yuli” Qarshi filiali hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – xuquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi M.Norova so‘z olib, ishtirokchilarga davlatimizning asosiy Qonuni va qomusi Konstitutsiya va uning mohiyati hamda ahamiyati haqida batafil ma’lumot berib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan Qonun, qaror, farmon va  boshqa meyo’riy hujjatlarning barchasi Konstititutsiyaga asoslangan holda halq va davlat manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilishi to‘g‘risida tushuncha berdi.

Tadbir so‘ngida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti o‘qituvchisi To‘rayev O‘lmas Sanoqulovich Konstitutsyaining yaratilish tarixi, har bir fuqaro xuquq va erkinliklari konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, shu bilan birga davlatimizda ishlab chiqilgan barcha qonun va meyoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi barcha quqarolarining yoshi, millati, irqi, dinidan qat’iy nazar barchaga barobar ekanligini ta’qidlab o‘tdi.

Bayram munosabati bilan jamoada kasaba uyushma ishini rivojlantirishda katta hissa qo‘shib kelatyogan 10 nafar ishchi xodimlar kasaba uyushmalarining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!