Mamlakatimiz prezidenti tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda bundan ko‘zlangan maqsad fuqorolar o‘z vatanlari tarixini chuqur bilishlari, uning bugunini va kelajagini xis etishlari, ajdodlar merosini o‘rganib undan faxrlanishlari va g‘ururlanishlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan ulkan bunyodkorlik ishlaridan zavqlanishlari va kelajakka ishonch bilan dadil odimlab borishlari kerak. G‘uzor tuman ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi, xalq ta’lim bo‘limi xamkorligida 2017 yil ”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tadbirlarini ijrosini ta’minlash turizmni rivojlantirish, xodimlarni madaniy xordiq chiqarishlarini tashkillash xamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligini 25 yilligi munosabati bilan ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 50 nafar xodimlar Toshkent shaxriga sayoxati uyushtirildi. Sayoxatchilar Toshkent shaxridagi Oqsaroy qarorgoxida tashkil etilgan I.Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident xaykali yodgorligiga xurmat bajo keltirdilar. Poytaxtimizning betakror go‘zalligi undagi buyuk o‘zgarishlar, gullab-yashnayotgan shaxar, yangidan qad ko‘tarayotgan zamonoviy bino va keng ko‘chalar, Amir Temur tarixiy muzeyi xodimlarga katta xayrat va ta’surot qoldirdi. Murabbiylar munosib xordiqdan zavq oldilar.