Joriy yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari 9205 sonli harbiy qism ma’muriyati bilan hamkorlikda 2018 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tasdiqladi.
Ushbu rejaga asosan 28 fevral kuni harbiy qism va bo‘linmalarda chegarachi-jangchi askarlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Alp o‘g‘lonlar” vatanparvarlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani harbiy qism harbiy vatanparvarlik, ma’naviy tarbiyalash va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha xizmat boshlig‘i mayor A.Dauletmuratov ochdi va ishtirokchilarga bellashuv shartlarini tushuntirib omadlar tiladi.
Musobaka ishtirokchilari “Eng mohir mergan”, “Eng zo‘r kitob bilimdoni”, “Tosh ko‘tarish pahlavoni”, “Mohir oshpaz” shartlari bo‘yicha bellashdilar.
“Alp o‘g‘lonlar” sport musobaqasining g‘olibi oddiy askar Raxsixonov Abbosxon deb topildi.
Bellashuv g‘oliblari kasaba uyushmalarining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir Qarshi shahar madaniyat uyi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan musiqiy ko‘rinishlarga ulanib ketdi.