Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan umumiy yig’ilish o‘tkazildi.

?

          O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida tuzilgan jamoa shartnomalarining 2017 yilda bajarilishi hamda 2018 yil uchun yangi jamoa shartnomalarini qabul qilish bo’yicha belgilangan jadval asosida fevral, mart oylarida umumiy yig’ilish (konferensiyalar) o’tkazilmoqda. Joriy yilning 5 mart  kuni Pedagogika va turizm kasb-hunar kolleji ish beruvchi hamda  xodimlari o‘rtasida 2016-2018 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2017 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.   Yig’ilish kun  tartibiga qo‘yilgan  masalalar bo‘yicha,  ish beruvchi bilan  kollej xodimlari  kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2016-2018 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2017–yilda bajarilishi bo’yicha kollej direktori A.Ashurov  va  kasaba  uyushma  qo‘mitasi  raisi  A.G’opporovlarning hisoboti tinglandi. So‘ngra jamoa shartnomasining 2017 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi muhokama etildi va komissiya raisi, kollej o’qituvchisi F.Turayevning axboroti tinglandi.

  Kun tartibidagi ikkinchi masala “2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan  jamoa shartnomasiga qo‘shimcha  va o‘zgartirishlar  kiritildi va barcha masalalar yuzasidan qaror qabul qilinib, tasdiqlandi.

  Yig’ilish so‘ngida mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Yig’ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi raisi S.Abdullayev ishtirok etdi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!