O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda joriy yilning 6 mart kuni tumandagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim tizimida mehnat qilayotgan o’z kasbining fidoiylari bo’lgan faol xotin-qizlar shuningdek uzoq yillar ishlab hozirgi kunda nafaqada bo’lgan onaxonlar ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri Sh.Ruziyev hamda tuman kengashi raisi S.Abdullayevlar bayram ishtirokchilarini tabrikladilar.
Shundan so’ng ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, 5-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari hamda musiqa va san’at maktabi o’qituvchi va o’quvchilari ishtirokida konsert dasturi tamoyish etildi.
Tadbirda shuningdek tuman xotin-qizlar qumitasi raisi M.Almirzayeva, maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri D.Imomova hamda mehnat faxriysi M.Choriyevalar so’zga chiqib tadbir ishtirokchilarini tabrikladilar. Tadbirda taklif etilgan mehnat faxriylari va faol pedagog-xodimlarga tuman kengashining esdalik sovg’alari berildi.
Joriy yilning 4 mart kuni Shahrisabz tuman Pedagogika va turizm kasb-hunar kollejining o’z kasbini fidoiylari, mehnat faxriylaridan 50 nafari Samarqand shahriga sayohatlari uyushtirildi.