Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining II majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni tartibli hamda samarali o‘tkazish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining rayosati
Q A R O R Q I L A D I:
- Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining II majlisi 2016 yil 5 fevral kuni soat 10-00 da Qarshi shahrida chaqirilsin.
- Kun tartibiga qo‘yilgan “Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi faoliyatining 2015 yil yakunlari va 2016 yildagi ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi masala tasdiqlansin.
- Ma’ruzachi etib viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining raisi E.Rajabov tayinlansin.
- Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining II majlisida ishtirok etuvchilar taqsimoti 1-ilovaga, majlisni o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi apparatining tashkiliy ishlar bo‘limi (F.Maxmudov), tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari va birlashgan qo‘mitalari birlashma kengashi va taftish komissiyasi a’zolarini hamda taklif etilganlarning majlisda ishtirok etishlarini ta’minlash topshirilsin.
- Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining II majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tashkiliy ishlar birlashma kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi (F.Maxmudov) zimmasiga yuklatilsin.