Shahrisabz tuman maktabgacha talim bo‘limiga qarashli “Miraki yulduzchalari” nodavlat maktabgacha talim muassasasi joriy yilning 29 iyun kuni Shahrisabz tuman Miroqi shaxarchasida foydalanish uchun topshirildi. Muassasa 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha zamonaviy qo‘layliklarga ega, muassasada 6 nafar oliy ma’lumotli pedagog-xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Nodavlat maktabgacha talim muassasasini tuman maktabgacha talim bo‘limi mudiri D.Imomova ochib berdi. Shuningdek tadbirda tuman xokimi o‘rinbosari B.Nazarov, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Almirzaeva, tuman kengashi raisi S.Abdullaevlar ishtirok etdilar.