Joriy yilning 30 avgust kuni “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir esa O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 20 avgustdagi “Mustaqillik yillarida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari oilalarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 10-09 “s” sonli qarori asosida tashkil etildi.
Tadbirimizda mustaqillikni himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan 6 nafar harbiy xizmatchilar va ichki ishlar xodimlarining oilalaridan xabar olish, ularni xotirlash uchun tashkil etilib, ularning har birlariga 500 ming so‘mdan, jami 3 million so‘m mablag‘ topshirildi.