O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida tuzilgan jamoa shartnomalarining 2018 yilda bajarilishi hamda 2019 yil uchun yangi jamoa shartnomalarini qabul qilish bo’yicha belgilangan jadval asosida fevral, mart oylarida umumiy yig’ilish (konferensiyalar) o’tkazilmoqda. Joriy yilning 04 fevral kuni tumandagi 30-umumiy o’rta ta’lim maktabi ish beruvchi hamda xodimlari o‘rtasida 2016-2018 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi hamda 2019-2021 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig’ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha, ish beruvchi bilan maktab xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2016-2018 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2018–yilda bajarilishi bo’yicha maktab direktori A.Yunusov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D.Primovalarning hisoboti tinglandi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi muhokama etildi va komissiya raisi, maktab o’qituvchisi D.Zikrillayevaning axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala 2019-2021 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasini o’qib eshittirildi va barcha masalalar yuzasidan qaror qabul qilinib, tasdiqlandi.
Yig’ilish so‘ngida mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Yig’ilishda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mehnatni muhofaza qilish bo’limi yetakchi mutaxassisi O.Xazratqo’lov, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi raisi S.Abdullayev ishtirok etdi.