Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Muborak tuman kengashi tomonidan Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablariga mos tashkil etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, tumandagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi uyushtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Rspublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni izchillik bilan amalga oshirish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kasaba uyushma a’zolariga yetkazildi.
Xodimlarga ish haqining o‘z vaqtida berilishi, mehnat muhofazasi, muassasa faoliyatining mehnat qonunchiligi hamda Ustav talablariga rioya etilishi, kasaba uyushmasiga a’zolik badallarining o‘z vaqtida tushirilishi, ular tomonidan o‘tkazilayotgan badallarning aniq yo‘naltirilgan maqsadlar bilan qonun doirasida sarflanishi, sanatoriy yo‘llanmalarini olish va foydalanish qoidalari to‘g‘risida hamda Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalar va ularga qat’iy amal qilish to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. Bundan tashqari kasaba uyushmalari qo‘mitalari va unga a’zo xodimlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa yo‘nalishlardagi mavjud muammolar aniqlanib, kasaba uyushma qo‘mitalari va ish beruvchilar bilan birgalikda ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari ta’lim muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot raisi meyoriy hujjatlarining yuritilishi bo‘yicha amaliy yordam va tavsiyalar berildi.