Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ichki ishlar xodimlari uchun o‘quv

Keyingi yillarda mamlakat kasaba uyushmalari sohasi ham jiddiy isloh qilindi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazkur tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning malakasini oshirishni, ularni uzluksiz ravishda yangidan qabul qilinayotgan hujjatlar bilan tanishtirib borishni taqozo qilayapti.

Ichki ishlar tizimida ishlovchi maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarning mamlakatimizdagi nufuzli jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmlari safiga jalb etilishi ham sohada ijobiy yangilik bo‘ldi. Shu paytga qadar kasaba uyushmalari tomonidan Ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoya qilib kelinmoqda edi.

Bundan bir yil muqaddam o‘tgan yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida imzolangan Tarmoq kelishuviga asosan vazirlik tizimida ishlovchi maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlar uchun ham qator imtiyoz va kafolatlar belgilandi.

  Tarmoq kelishuvining, vazirlik tizimida ishlovchi maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlar uchun yaratilgan imtiyoz va kafolatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, kasaba uyushmalari sohasida hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha maslahatlar berish maqsadida 2019 yil 15 fevral kuni viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi zalida ichki ishlar boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va faollari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda kasaba uyushmalari a’zolarini va ularning yaqin qarindoshlarini, farzandlarini sog‘lomlashtirish, a’zolik badallari mablag‘laridan foydalanish, sport, madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy muhofaza, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va faoliyatga taalluqli boshqa yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish haqida atroflicha ma’lumot berildi.

O‘quv seminari ishtirokchilarning bahs-munozaralari va savol-javoblari bilan yakunlandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!