Joriy yilning 28 mart kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining navbatdagi rayosat yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Rayosat yig’ilishda Viloyat hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi va O’zbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi o’rtasida 2017-2019 yillar uchun tuzilgan mintaqaviy kelishuvining 2018 yilda bajarilishi hamda 2018 yil davomida korxona, tashkilot va muasasalarda ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan hodisalar va ularning oldini olish , baxtsiz hodisa sababli mehnat nogironi bo’lgan va boquvchisini yo’qotgan oilalarga zarar to’lovlarini o’z muddatida to’lash muddatida to’lash borasida ish beruvchilar va kasaba uyushma qo’mitalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida hisobotlar tinglandi.