O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2019 yil 28 fevraldagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 12-33 “s” sonli qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmlari tashkilotlari birlashmasi kengashining 2019 yil 18 martdagi 15-24 “s” sonli qarori ishlab chiqildi.
Mazkur qarorga asosan Halqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi munosabati bilan hamda 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida viloyatda, korxona, tashkilot va muassasalarda tadbirlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari, mehnat muhofazasiga oid taktik o‘quv mashg‘ulotlari, “Siz huquqingizni bilasizmi?” mavzusida zukkolar o‘yinlari hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid o‘quv darslari tashkil etildi.
Xususan:
22 aprel kuni “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” MCHJda Halqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi munosabati bilan hamda 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-trening ishtirokchilari uchun mehnat muhofazasiga oid ko‘rgazma ham tashkil etildi. Shuningdek, korxona kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan mehnatni muhofaza qilishga oid 500 dona eslatma-kitobcha chop etildi va ishchi-xizmatchilarga tarqatildi.
Mazkur qo‘llanmada “28-aprel-Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”, Xalqaro mehnat tashkilotining dunyo miqyosida kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlari, mehnatni muhofaza qilishda ish beruvchi va kasaba uyushmasining roli kabi masalalar atroflicha yoritilgan. Ishchilar tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha savollar bilan murojaat qilish mumkin bo‘lgan manzillar va mas’ul shaxslar telefon raqamlari ko‘rsatilgan.
Korxonaning katta majlislar zalida o‘tgan seminar-treningda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari B.Abrahmatov korxonada 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yildagi vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dekan o‘rinbosari O‘.To‘rayev “Xalqaro mehnat tashkiloti faoliyati va uning mehnat muhfazasi yo‘nalishidagi roli” to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Qashqadaryo viloyati bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori A.Mamatov “Mehnatni muhofaza qilish sohasida yangidan qabul qilingan hujjatlar” to‘g‘risida fikr almashdi. Korxonaga qarashli tibbiyot qismi bosh vrachi H.Tangriqulov “Kasb kasalliklari va ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida” seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdi.
Shu kuni korxonada faoliyat olib borayotgan 75 nafar mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan jamoat vakillar o‘rtasida “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi jamoatchi vakil” ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda vakillar tomonidan 1-pog‘onali tekshiruv ishlarining amalga oshirilishi, shu yo‘nalishdagi jurnalning yuritilishi, sex yoki bo‘limda 2018 yilda va 2019 yilning birinchi choragida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganligi e’tiborga olindi, hamda vakillar mehnat muhofazasi yo‘nalishidagi 16 ta test savoliga javob berishib, yakunda faxrli birinchi o‘rinni kaliy o‘g‘iti ishlab chiqarish 1-sexi katta operatori B.Abdullayev, ikkinchi o‘rinni suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi xodimi S.Imomov hamda texnik-nazorat bo‘limi kimyoviy-tahlil laboranti Y.Umbarova, uchinchi o‘rinni kaliy o‘g‘iti ishlab chiqarish 2-sexi operatori O.Nabiyev, tog‘-kon majmuasi texnigi V.Jumayev va korxonaning markaziy laboratoriyasi kimyoviy-tahlil laboranti D.Qo‘yliyevalar egallashib, korxona rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
23 aprel kuni “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro mehnat tashkiloti tashkil topganining 100 yilligi keng nishonlanishi munosabati hamda “28 aprel—Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminar-treningda tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi vakillari, xavfsizlik texnikasi muhandislari hamda kasaba uyushma yetakchilari ishtirok etdilar.
“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bahodir Toshpo‘latov Xalqaro mehnat tashkiloti tarixi, uning asosiy faoliyat turi haqida yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng korxonaning ekspluatatsiya va texnik masalalar bo‘yicha direktori Sirojiddin Asqarov mehnatni muhofaza qilish sohasida 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yildagi vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Ta’kidlandiki, xodimlarga qulay va xavfsiz ish sharoitlari yaratish maqsadida Kitob, Yakkabog‘, Dehqonobod, Shahrisabz tuman elektr ta’minoti korxonalari va xizmat bo‘limlari stol-stullar bilan ta’minlandi. Kitob elektr ta’minoti korxonasi ma’muriy binosi qayta ta’mirlanmoqda. Chiroqchi tuman elektr ta’minoti korxonasining yangi ma’muriy binosini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, korxonaning mustahkamlik xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Mansur Bo‘riyev “Mehnat sharoitlari—uning umumiy kasb kasalliklari, mehnat jarohatlari kelib chiqishdagi ahamiyati va noxush holatlarning oldini olish to‘g‘risida” ma’ruza qildi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan tayyorlangan mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid videoroliklar namoyish etildi.
24 aprel kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida institut bitiruvchilari uchun Halqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi munosabati bilan hamda 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mavzusida o‘quv darsi o‘tkazildi.
O‘quv darsini Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti rektori N.Mahmudov kirish so‘zi bilan ochdi.
Shundan so‘ng Qashqadaryo viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi rais o‘rinbosari I. Ahmedov yoshlarga kasaba uyushmasi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi haqida, qolaversa, “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” tadbirlari xususida qisqacha ma’lumot berdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bo‘lim mudiri-yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi R. Qaraboyevning yoshlarga oid davlat dasturi ijrosiga oid tavsiyalari, neft-gaz va geolgiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi S. Egamberdiyevning tarmoqda mehnatni muhofaza qilish tadbirlari to‘g‘risidagi slaydlari namoyish etildi.
Qashqadaryo viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri A.Xo‘jaqulov tomonidan korxona, tashkilot va muasssalarda mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etish va xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishda ish beruvchi hamda kasaba uyushmalarining vazifalari to‘g‘risida ma’ruza qilindi. O‘quv darsi davomida institutning bitiruvchi talabalari tomonidan mehnat muhofazasiga oid berilgan savollariga javoblar berildi.
Shuningdek, 24 aprel kuni Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rahbariyati, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari, mehnat muhofazasi va xavfsizligi mutaxassislari ishtirokida Halqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi munosabati bilan hamda 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi va 25 aprel kuni viloyat televideniyesi orqali namoyish etildi.
25 aprel kuni Qarshi shahridagi “O‘zburg‘uneftgaz” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda ijtimoiy hamkor tashkilotlar rahbarlari, korxona, tashkilot va muassasalarning mehnatni muhofaza qilish muhandislari, kasaba uyushma faollari va mehnat muhofaza qilish bo‘yicha saylangan jamoatchi vakillar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bo‘lim mudiri-yoshlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari R.Qaraboyev, Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengash raisining o‘rinbosari I.Axmedov, Qashqadaryo viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori A.Mamatov, Qashqadaryo viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mehnat gigiyenasi bo‘limi boshlig‘i A.O‘ljayev, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Egamberdiyev, “Qarshi standart meyor” MCHJ direktori A.Jo‘rayev hamda “SHo‘rtanneftgaz” MCHJ sanoat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari J.Normurodovlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari va xavfsizlik madaniyati haqidagi tahlil va tavsiyalari tinglandi.
Shu kuni davra suhbati asnosida barcha tarmoqlar kesimida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo‘yicha Respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”, “Eng yaxshi jamoatchi vakil” hamda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” yo‘nalishlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida Xalqaro mehnat tashkiloti va uning mamlakatimizda ratifikatsiya qilingan Konvensiyalariga oid viktorina ham uyushtirildi. Savollarga faol javob qaytargan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari mamlakatimizdagi eng yirik sanoat korxonalaridan hisoblangan “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJga tashrif buyurdi va zavod faoliyati bilan tanishishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat va yong‘in xavfsizligiga oid ko‘rgazma namoyishi hamda mehnat muhofazasi va xavfsizligi, avariya-qutqaruv holatlarini bartaraf etishga oid taktik o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi.
Mehnat muhofazasiga oid taktik-o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng tadbir ishtirokchilari Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”ga ham tashrif buyurishdi. Kasaba uyushma faollari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandislar hamda ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari vatanimizning shonli tarixi, ulug‘vor shavkati va bugungi tinch kunlarimizdan nishona beruvchi bog‘ni aylanib, bog‘ xizmatchilaridan qudratli texnikalarimiz haqida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
26 aprel kuni “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi hamda “28 aprel—Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Siz huquqingizni bilasizmi?” mavzusida zukkolar o‘yini o‘tkazildi. Zukkolar o‘yinida zavodga qarashli sex, uchastka va xizmat boshliqlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha saylangan jamoatchi vakillar ishtirok etdilar.
“SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Botirov, Xalqaro mehnat tashkiloti tarixi, uning asosiy faoliyat turi haqida yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng korxona bosh muhandisi Sh.Eshmurodov, sog‘liqni saqlash, sanoat xavfsizligi, atrof-muhit tozaligi bo‘limi boshlig‘i U.Haydarovlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ma’ruzalar qilindi.
Shu kuni korxonada faoliyat olib borayotgan sex boshliqlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan jamoat vakillar o‘rtasida “Siz huquqingizni bilasizmi?” mavzusida zukkolar o‘yini o‘tkazildi.
Mazkur o‘yinda jamoatchi vakillar tomonidan 1-pog‘onali tekshiruv ishlarining amalga oshirilishi, shu yo‘nalishdagi jurnalning yuritilishi, sexlarda, uchastka va bo‘limlarda 2018 yilda va 2019 yilning birinchi choragida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganligi e’tiborga olindi, hamda berilgan savollarga javoblar qaytirishdi.
Yakunda “SHo‘rtangaz kimyo majmuasi” MCHJ mexanik ta’mirlash sexi chilangarlari N.Rajabov, X.Odilov, axborot kommunikatsiyalar xizmati mutaxassisi B.Suvonov, etilen sexi qurilma boshlig‘i Sh.Aliyev, ichki suv ta’minoti sexi ko‘zatuvchisi H.Eshboboyevlar g‘olib deb topilib, ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
27 aprel kuni “Gissarneftgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi hamda “28 aprel—Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab korxona xodimlari, sex , kon boshliqlari va mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan jamoatchi vakillar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini “Gissarneftgaz” MCHJ direktori N.Berdiyev kirish so‘zi bilan ochdi.
Shundan so‘ng, Qashqadaryo viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri A.Xo‘jaqulov, O‘zbekiston sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Baratov, neft-gaz va geolgiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi F.Tursunov, “Gissarneftgaz” MCHJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi J.Amirov, korxonaning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik xizmati boshlig‘i K.Ibragimovlarning “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” tadbirlari xususida hamda xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi.
Davra suhbati yakunida korxonada mehnatni muhofaza qilish sohasida faollik ko‘rsatgan “Gissarnefgaz” MCHJga qarashli 1-kon boshlig‘i D.Jabborov, Shimoliy Nishon koni ustasi H.Muzaffarov, USG qurilma boshlig‘i V.Himmatov, avtotransport sexi elektr gazpayvandlovchisi K.Zaripov, mexanika- ta’mirlash sexi ustalari Sh.Ro‘ziyev va M.Shamsiddinovlar “Gissarneftgaz” MCHJ rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar uchun ehson oshi berildi.
Viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida tadbirlarning o‘tishi davom etmoqda.