Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Tovon pullari undirib berildi.

Birlashma kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi o‘tgan davr mobaynida o‘z ish faoliyatini birlashma kengashining tasdiqlangan ish rejasiga asosan amalga oshirmoqda.  Mehnatni muhofaza qilish, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar natijasida jarohat olgan xodimlarga bir yo‘la va oyma-oy zarar to‘lovlari to‘lanishi tartibi hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid masalalar bo‘yicha murojaat qilgan 64  nafar xodimlarga huquqiy maslahatlar berildi. Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi majlislarida 3 marta ishtirok etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali Shahrisabz tumani, “Teparlik” mahallasi, “Istiqlol” ko‘chasi 85-uyda yashovchi fuqaro, 2-guruh mehnat nogironi Kamolov SHerxonning Agrokimyohimoya Yakkabog‘ tuman unitar korxonasi tomonidan zarar tovon pullarini vaqtida to‘lab berilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati joyiga chiqib o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Fuqaro Kamolov SHerxonga iyun-iyul oylari uchun 425000 so‘m, avgust oyi uchun 203030 so‘m tovon pullari Agrokimyohimoya Yakkabog‘ tuman unitar korxonasi tomonidan to‘liq to‘lattirib berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!