Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Kasaba uyushmalari-bolalarga”

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan 2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek “Faol investitsiyalari va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida barcha sohalar kabi ta’limga ham katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etilgan. Mustaqil mamalakatimizda iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘qitish jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

             Shu munosabat bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 15 avgust kuni tuman xalq ta’limi majlislar zalida  tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kam ta’minlangan ijtimoiy ximoyaga muhtoj pedagog-xodimlarning 100 nafar farzandlarini o‘quv anjomlar bilan  taqdirlash maqsadida  tadbir o‘tkazildi.

             Tadbirda tuman kengashi raisi S.Abdullaev, xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi shu’ba mudiri L.Rustamovlar so‘zga chiqib tadbir ishtirkchilarini yangi o‘quv yili bilan tabriklab bolajonlarga sovg‘alarni topshirdilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!