Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Seminar–trening o‘tkazildi.

????????????????????????????????????

      2019 yil 21-avgust kuni Nishon Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb hunar kollejining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning  10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  349-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha majburiy mehnatni oldini olish maqsadida  viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan  ta’lim muassasalari rahbarlari, sog‘liqni saqlash hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tarmoq kasaba uyushmasi tuman kengashlari raislari ishtirokida  seminar–trening o‘tkazildi.

Seminar treningni  O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman kengashi raisi B.Javliyev kirish so‘zi bilan ochib,  seminar-trening dasturi bilan tanishtirdi va mazkur seminar-trening maqsadi haqida tushuncha berdi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi B.Xo‘jayorov majburiy mehnatning oldini olish va ularni bartaraf etishda milliy majburiyatlar haqida ma’ruza qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning  10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  349-sonli qarorining mazmun mohiyati, qarorda budjet tashkilotlari xodimlarini majburiy mexnatga jalb etish, ulardan turli noqonuniy pul yig‘ilishlariga chek qo‘yish xususida barcha turdagi davlat, tashkilot va muassasa raxbarlari qattiq ogoxlantirilganligi, ta’lim muassasalari xodimlarini majburiy mehnatga jalb etmaslik  borasida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan bir qator dolzarb vazifalar va chora-tadbirlar belgilanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi mexnat xuquqi inspektori X.Omonov  o‘z so‘zida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida to‘xtalib, bu borada mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan  raxbarlar kechirilmasligi, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari haqida tushuncha berdi.

Seminar-trening so‘ngida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!