O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shaxar kengashi va shahar xalq ta’limi bo‘limi xamkorligida 2019 yil 15 avgust kuni shahardagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faolllar zalida majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 65 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarlari hamda shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda O‘zbeksiton ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi raisi U.Ortiqov so‘zida pedagog-xodimlarni ularni lavozim yo‘riqnomasidan tashqari ishlarga jalb etmaslik, majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha nazorat ishlarini olib borish, “Mehnat shartnomasi” , “Lavozim yo‘riqnomasi” dan tashqari ishlarni qilishlari bu majburiy mehnat hisoblanishi haqida aytib o‘tdi.
So‘zga chiqqan shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri B.Ro‘ziyev pedagog-xodimlarni majburiy mexnatga jalb etmaslikka qatiy’yan yo‘l quyilmaslik va bunda raxbarlar oldiga katta mas’ul bilan yondoshish kerakligi, majburiy mehnat aniqlangan taqdirda, xodimlar majburiy mehnatga jalb qilingan hisoblanishi, aybdor shaxslar javobgarlikka tortilishi, raxbarlar kechirilmasligi haqida gapirib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahar xalq ta’limi bo‘limi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.Nazarov o‘z so‘zida jumladan, keyingi yillarda majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminarlar, davra suhbatlari tashkil etilayotganligi, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borilayotganligini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida majburiy mehnat, ya’ni biror-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash ta’qiqlanishi haqida aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishtirokchilar ham o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Shuning bilan o‘tkazilgan yig‘ilish o‘z ishini yakunladi.