O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 28 avgustdagi “Ustozlar – kasaba uyushmalari e’zozida” Respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 14-2-sonli hamda shu mazmundagi O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rayosatining 2019 yil 30-avgustdagi 16-11 “s” sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, umumta’lim maktablarida boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari sifatida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, ta’lim muassasalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislarining ishtirokini kuchaytirish, boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislarining professionallik darajasini oshirish, ularda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, kasaba uyushmasi faollarini, shuningdek yoshlarni kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish maqsadida 2019 yil 6-14 sentabr kunlari ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman kengashi tomonidan “Ustozlar – kasaba uyushmalari e’zozida” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi tegishli Nizom asosida o‘tkazildi.
Tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Ustozlar – kasaba uyushmalari e’zozida” ko‘rik tanlovining I-bosqichida Nizom talabiga mos keladigan 10 nafar kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etdilar.
“Ustozlar – kasaba uyushmalari e’zozida” tanlovining 1-bosqich ishtirokchilarining mahoratlarini baholash bo‘yicha Nishon tuman kengashi komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning mahoratlari Nizom talablari asosida baholanib, tanlov natijalariga ko‘ra tumandagi 3-maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Xolmo‘minova, 5-maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Begalov, 10-maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Ashirmetovalar g‘olib deb topildilar. Tanlov g‘oliblari tuman kengashining esdalik sovg‘alari, faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlandilar.