Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

        Joriy yilda viloyatda yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olishga jalb etilgan terimchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish va mehnatini muhofaza qilish, ularga o‘z vaqtida sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, terimchilar uchun yaratilgan yotoq sharoitlari  hamda o‘rnatilgan tartibda terim pullarining berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining maxsus qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga binoan 2019 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida tumanlarda  terimchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi apparati xodimlari hamda tarmoq kasaba uyushmalari respublika Kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilaridan iborat Ishchi guruhlari tuzildi.

Mavsum boshidan buyon ishchi guruh tomonidan paxta hosilini yetishtiradigan tumanlardagi fermer xo‘jaliklariga qarashli 300 dan ortiq dala shiyponlari, “Mehnat-rohat” palatkali shaharchalar va moslashtirilgan binolarda terimchilarga yaratilgan mehnat va maishiy sharoitlar, tibbiy xizmat va dori-darmon ta’minoti, madaniy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi hamda terim pullarining o‘z vaqtida berib borilishi ahvoli o‘rganilib joriy yilning sentabr oyidan boshlab har haftada viloyat hokimligiga tahliliy ma’lumot kiritib borilmoqda va aniqlangan kamchiliklar tuman hokimliklariga yetkazilib, mavjud kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishilmoqda.

Shuningdek, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 2019 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, terim ishtirokchilari uchun sanitar-maishiy sharoitlarning yaratilishi bo‘yicha Tavsiyalar ishlab chiqilib, barcha terim otryadlari rahbarlariga yetkazildi va ushbu Tavsiyalar asosida terimchi va hasharchilar uchun o‘rnatilgan miqdorda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi, ularning issiq ovqat hamda ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, terimda ishtirok etayotgan xotin-qizlar uchun gigiyena xonalarining tashkil etilishi, terimchilar uchun barcha sanitar va mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan shart-sharoitlarning yaratilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatildi.

Terimda ishtirok etayotgan hasharchilar va terimchilar uchun dala shiyponlari, “Mehnat-rohat” palatkali shaharchalar va moslashtirilgan binolar kerakli tibbiyot vositalari va dori-darmonlar bilan ta’minlandi. Bir nafardan ichki ishlar va tibbiyot xizmati xodimi biriktirildi.

Fermer xo‘jaliklari tomonidan terimda ishtirok etayotgan hasharchi va terimchilar uchun har kuni tushlikda bepul go‘shtli ovqat (palov) tashkil etilmoqda. Shuningdek, 70 kilogrammdan oshirib paxta tergan terimchilarga 1 litrdan paxta yog‘i dalaning o‘zida tarqatilmoqda.

 Terim pullari o‘z vaqtida tarqatilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!