2019 yil 26-oktabr kuni tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktab binosida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman kengashi tomonidan tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida “Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va meyoriy hujjatlar asosida tashkil etish mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.
O‘quv seminarni tuman kengashi raisi B.Javliyev kirish so‘zi bilan ochib, seminar kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng 2019 yil 14-19-oktabr kunlari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining o‘quv markazida tashkil etilgan, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari raislari malakasini oshirish o‘quv kursida malaka oshirgan Nishon tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limining boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Z.Xurramovaning “Kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini ustav talablari va meyoriy hujjatlar asosida tashkil etish”, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi Qonun va “Kasaba uyushmalarida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi”, “Kasaba uyushma tashkilotlarida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan belgilangan vazifalar”, “Tarmoq kelishuvi va jamoa shartnomalari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.
Z.Xurramova tomonidan seminar ishtirokchilariga Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va meyoriy hujjatlar asosida tashkil etish, boshlang‘ich tashkilotlarda hujjatlarni rasmiylashtirish va tashkiliy ishlarning olib borilishi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tuzulmasi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining huquqiy asoslari, Boshlang‘ich tashkilotlarda saylab qo‘yiladigan kasaba uyushmasi organlari, Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilmasi (a’zolar soni 15 kishidan ortiq bo‘lgan hollarda), Amaldagi Ustavlar, meyoriy hujjatlarda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, Boshlang‘ich tashkilotlarda Ustavlar bilan belgilangan vazifalarni to‘la hajmda bajarilishini tashkil etish, Boshlang‘ich tashkilotlar ishini rejalashtirish, Kasaba uyushmalarida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, kasaba uyushma tashkilotlarida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, Mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari, ta’lim muassasalarda muntazam ravishda “Ma’naviyat soatlari”ni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish, jamoa shartnomalari bandlarining to‘liq bajarilishi hamda Respublikada nishonlanadigan umumxalq bayramlari munosabati bilan tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish, Mehnat jamoasida kasb bayramlarini nishonlashni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi hamda seminar ishtirokchilariga yuqorida qayd etilgan mavzularning elektron nusxalari, tarqatma materiallar va taqdimotlar taqdim etildi.
Tuman kengashi raisi B.Javliyev tomonidan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2019 yil 9-iyuldagi “Respublika kengashining “2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlashda ko‘maklashish” bo‘yicha dasturi ijrosi hamda Respublika kengashi faoliyatining 2019 yil birinchi yarim yillik yakunlari va uni jadallashtirish to‘g‘risida” gi 15-1 sonli rayosat qarorining mazmun mohiyati haqida tushunchalar berildi.