Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Yosh ish beruvchilar bellashuvi”

        Ushbu tanlov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturiga binoan hamda  O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2019 yil 27-sentabrdagi tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarda 35 yoshgacha bo‘lgan ish beruvchilar o‘rtasida “Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi  xatiga asosan tashkil etildi.

Ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi” tanlovi to‘g‘risidagi Nizomga binoan 2019 yil 18-oktabr kuni tanlovning 1- Qarshi shahar bosqichi o‘tkazildi.

“Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi”  tanlovida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkitlotlari xodimlari kasaba uyushmasi  Qarshi shahar kengashiga a’zo bo‘lgan korxona va tashkilotlardan  6 nafar yosh ish beruvchilar ishtirok etdilar.

Taqdim etilgan hujjarlar hakamlar hay’ati  tomonidan Nizom asosida o‘rganilib,  baholash mezonlari asosida baholandi.

Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra  1-2-3 o‘rinni egallagan yosh ish beruvchilar sovg‘a va diplomlar bilan rag‘batlantirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!