Qarshi-muhandislik-iqtisodiyot institutida bir guruh talabalar va murabbiylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda institut xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan tadbirda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5 ta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilgan talabalar festivalining mini futbol musobaqasining Toshkent shahrida o‘tkazilgan respublika bosqichida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga qiritgan 8 nafar talaba va ularning ustozi Ilhom Arslonov estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Rag‘bat yaxshi albatta, mehnatining mukofotini olgan, jamoa tomonidan e’tirof e’tilganini ko‘rgan har bir xodim yoki talaba bundan keyingi faoliyatida yanada ruhlanib, shojoat bilan harakat qiladi, – deydi institut xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Tilovatov. – Bugun taqdirlanganlarning yuz-ko‘zidan quvonchi ko‘rinib turibdi, 2-o‘rinni egallagani uchun shaxsan rektorning qo‘lidan sovg‘a olgan talaba, ertaga albatta, birinchi o‘rin uchun kurashadi. Sovg‘a uchun emas, mehnati qadrlanishini bilgani uchun.
Yosh va umidli mini futbolchilar tadbir davomida rektor, professor-o‘qituvchilar va guruh murabbiylari tomonidan samimiy muborakbot etildi.