Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2016 yil 7 yanvardagi “ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 6 yanvardagi “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi 1-14 “s” sonli qarori haqida” gi 3/30 ”s” sonli qaroriga asosan 2016 yil 25 yanvarda tuman kengashining 4/7 “s” sonli qarori qabul qilinib, joriy yilning 16 fevral kuni spartakiadaning tarmoqlararo tuman bosqichi Qarshi tumandagi 9 umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida o‘tkazildi.
Musobaqada bolalar sportini riojlantirish jamg‘armasi tumandagi vakili Negmatov Zokir, Bolalar va usmirlar sport maktabi uslubchisi Arabov Ruziboy, Halq ta’limi faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bulimi ma’naviy-axloqiy shuba raxbari Dilliyev Axmadlar taklif etildilar. Musobaqada jamoalar nizomda kursatilgan sport turlari bo‘yicha bellashdilar.
Musobaqa davomida I-,II-,III- o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda nominatsiyalar sovrindorlari tuman kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.