Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga 2019 yil 20 noyabr holatida 171 ta yozma, 28 ta elektron, 310 ta ishonch telefoni jami 509 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan Virtual qabulxonadan kelgan murojaatlar 81 tani, majburiy mehnatga oid masalalar 95 tani tashkil etadi. Ushbu kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha qonun buzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida 51 ta holatda taqdimnomalar kiritilib, 1081 ta shaxslar huquqlari tiklandi va xodimlarga 122 million 733 ming so‘m miqdoridagi ish haqlari va boshqa to‘lovlar undirib berildi.