«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksionerlik jamiyati kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili»da xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida 80 nafar mehnatkashlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi. Ularning 50 nafari kasaba uyushma budjeti mablag‘laridan, 30 nafari ijtimoiy sugurta mablaglari xisobidan dam oldirildi.
Shuningdek, joriy yilgi bolalarni yozgi dam oldirish mavsumida 743 nafar xodimlarimizning farzandlari jamiyat tasarrufidagi “Nurafshon” bolalar oromgohida dam oldirildi. Shundan, 23 nafar kam taminlangan oilalarning farzandlari uchun yo‘llanmalar bepul tarkatildi.
Kasaba uyushma mablag‘lari xisobidan 39 nafar ishchi xodimlarning salomatliklarini tiklash uchun 13 mln. 950 ming so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
2019 yil yangi o‘quv yili arafasida kam taminlangan oilalarning 14 nafariga 3 mln. so‘mlik o‘quv qurollari va darsliklar tarqatildi.
Shuningdek, 100 nafar xodimlar va ularning oila a’zolari uchun viloyatimiz va respublikamizdagi tarixiy shaharlarga sayohatlar tashkil etildi.
Joriy yilning 9 noyabr kuni 200 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila azolarini madaniy hordiq chiqarishlari uchun Qashqadare viloyati musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan «Arshin malalan» spektakliga bepul chiptalar taqdim etildi va madaniy dam oldirildi.