Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

QONUN TARG‘IBOTIGA BAG‘ISHLANDI.

        Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati tizimidagi mehnat jamoalarida kasaba uyushma a’zolariga 2019 yil 6 dekabrda  qabul  qilingan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun va mohiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratilayapti.

Yaqinda janubiy g‘arbiy maxsus harbiy okrugi zalida mazkur Qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi yuridik bo‘limi mudiri Sh.Sottarov so‘zga chiqib, yangi Qonunni qabul qilishga bo‘lgan ehtiyojning yuzaga kelishi, umumxalq muhokamasidan o‘tgan mazkur hujjatga kiritilgan yangi moddalar, qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda ishtirok etgan janubiy g‘arbiy maxsus harbiy okrugi shtabi boshlig‘i Bahodir Yangiboyev, O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Ismat Ochilov yig‘ilish ishtirokchilarining savollariga javob qaytardilar.

Kasaba uyushma a’zolarida katta taassurot qoldirayotgan bunday tadbirlarni tarmoq tizimidagi mehnat jamoalarida o‘tkazish davom etayapti.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!