Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Demokratik islohotlar yo‘li biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir!

      Bugun mamlakatimizda eng ustuvor vazifalardan biri inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasidir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Prezident sifatida ish boshlagan ilk kunidanoq  inson manfaatlari va turmush farovonligini barcha narsadan ustun qo‘yib, jamiyatda qonun ustuvorligi¸ tartib-intizom¸ fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va adolat o‘rnatish vazifasini eng oliy maqsad etib belgiladilar. Davlat boshqaruv organlarini ham xalqning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishga, orzu-niyatlari va dardu tashvishlari bilan birga his etgan holda yashashga undamoqdalar.

Qonun va qarorlar esa xalqimizning to‘kin yashashi va uning manfaatlari yo‘lida moslashtirilib, hayotga tadbiq etilmoqda.

Joriy yilning 24 yanvar kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari faollari tomonidan qizg‘in kutib olindi.

So‘nggi uch yilda an’anaga aylanib qolgan Prezidentimizning Parlamentga qilayotgan Murojaatnomasi xalqimiz tomonidan juda katta e’tibor va xayrixoxlik bilan qabul qilinmoqda.

Yangidan shakllantirilgan Parlamentga yo‘llangan va 26 ta telekanallar orqali efirga uzatilgan joriy yilgi Murojaatnomada aytib o‘tilgan tavsiyalar, takliflar, tashabbuslar yillar davomida xalqimizning qiynab yurgan muammolarni va orzularini ro‘yobga chiqishida to‘siq bo‘lib kelayotgan “devor”larni batamom olib tashlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayniqsa, Muhtaram Prezidentimizning “Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekicton xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman, demokratik islohotlar yo‘li biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir” deb bildirgan fikrlari xalqimizning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda birinchi marta kambag‘alchilikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilinishi yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan qishloqlarda istiqomat qilayotgan aholining kam ta’minlangan qismining turmushining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Zero, 2017-2018 yillarda qilingan Murojaatlarda Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilgan barcha takliflar o‘z tasdig‘ini topib, amaliyotga kiritilgan va bugungi kunda hayotda amalda o‘z mevasini berib kelmoqda.

Murojaatnoma yakunida Yurtboshimiz buyuk bobokolonomiz, hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyning “Barcha amallar – niyatga qarab bo‘ladi” degan mashhur fikrlarini aytib o‘tdilar. Haqiqatdan ham niyatimiz ulug‘, marramiz yuqori, niyatga yetishish uchun esa mutasaddi rahbarlardan, butun xalqimizdan vatanparvarlik va fidoiylik talab qilinadi, xolos.

Mazkur Murojaatnomani barchamiz, keng jamoatchilik, ayniqsa, jamoat tashkilotlari va birlashmalari qo‘llab-quvvatlab unda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida faol ishtirok etaylik. Zero,  “2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” zamirida ham tinch va osoyishtalik, to‘kinlik va farovon hayotimizning kafolati mujassamdir.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!