O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida tuzilgan jamoa shartnomalarining 2019 yilda bajarilishi hamda 2020 yil uchun yangi jamoa shartnomalarini qabul qilish bo‘yicha belgilangan jadval asosida fevral, mart oylarida umumiy yig‘ilish (konferensiyalar) o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 06 fevral kuni tumandagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktabning 104 nafar xodimlaridan 89 nafari ishtirok etdi va tumandagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan 19 nafar kasaba uyushma faollari ishtirok etdi. Maktabda ish beruvchi hamda xodimlari o‘rtasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2019 yilda bajarilishi muhokama qilishga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha, ish beruvchi bilan maktab xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2019–yilda bajarilishi bo‘yicha maktab direktori X.Boboqulov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Raxmonovlarning hisoboti hamda hisobot yuzasidan muzokara so‘zlari tinglandi. Kun tartibidagi ikkinchi masala maktab ish beruvchi bilan maktab xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga 2020 yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” munosabati bilan qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritildi va qaror loyihasi o‘qib eshittirildi. Jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan umumiy yig‘ilish yopiq deb e’lon qilindi.
Ma’lumki bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlar yili. Shu jumladan Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida ham shu yilning fevral-aprel oylarida hisobot-saylov yig‘ilish va konferensiyalarini o‘tkazish belgilangan.
Shu jumladan tumandagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish tugagandan so‘ng shu jamoa ishtirokida xisobot –saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Xisobot saylov yig‘ilishi kun tartibida 3 ta masala muhokama qilindi. Birinchi masala yuzasidan maktab kasaba uyushma qo‘mitasining raisi A.Raxmonovning maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2015 yil fevral oyidan 2020 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi hisoboti tinglandi. Xisobot ma’ruzasi yuzasidan mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib, o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Kun tartibidagi ikkinchi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibiga saylov o‘tkazildi va 5 kishidan iborot kasaba uyushma qo‘mitasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatildi va jamoa muhokamasiga qo‘yildi. Kun tartibidagi uchunchi masala O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman tashkiloti VII konferensiyasiga delegat etib saylash masalasi muxokama qilindi va delegat etib Raxmonov Aziz Abdumannovichni nomzodi ko‘rsatildi va tasdiqlab olindi. Kun tartibidagi uchta masala yuzasidan qaror loyihasi o‘qib eshittirildi va asos uchun qabul qilindi. Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi SHahrisabz tuman kengashining jamoatchilik asosida rais o‘rinbosari Sh.Niyozova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llagan Murojaatnomasida pedagoglarni tayyorlash sifatining orqada ekanligiga alohida e’tibor qaratilganligi, ta’limning barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy etish va internet imkoniyatlaridan foydalanish zarurligiga alohida urg‘u berilganligi, mana bugungi o‘tkazilgan hisobot -saylov yig‘ilishida ham kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatining ommaviy axborot vositalarida juda kam yoritilganligi, qo‘mita tomonidan mehnat qonunchiligi va mehnat muhofasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha o‘z vaqtida ma’muriyat yoki boshqaruv organlariga asosli takliflar berilmaganligi, barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari bilan tuman kengashi o‘rtasida elektron hujjat almashinuv holatining talab darajasida emasligi haqida fikr bildirdi. Xisobot-saylov yig‘ilishi bayramona ruhda o‘tkazildi.