Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining 2019 yilda davlat ijtimoiy sug‘urta budjetining daromad qismi 7 mlrd. 846 mln. 405 ming so‘m belgilangan bulib, haqiqatda 8 mlrd. 86 mln. 510 ming so‘m yoki rejaga nisbatan 204 mln. 105 ming so‘m ko‘p mablag‘ tushib belgilangan reja 103,1 foizga bajarildi. Yo‘llanmalarning qisman to‘lovi hisobidan 1 mlrd. 145 mln. 625 ming so‘m tushum tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 1 mlrd. 404 mln. 96 ming so‘m tushdi yoki belgilanganidan 258 mln 471 ming so‘m ko‘p mablag‘ tushib, belgilangan reja 122,6 foizga bajarildi. O‘tkazilgan taxlillar natijasida yo‘llanmalardan ikki yillik muddat to‘lmasdan ustma-ust foydalanish holati aniqlanib 4 mln. 119 ming so‘mlik yo‘llanmalarni farq summalari undirildi. 2019 yilda qiymati 2 mlrd. 828 mln 704 ming so‘mlik 1764 dona sanatoriy yo‘llanmalari bilan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlar dam olib sog‘liqlarini tiklash rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda qiymati 3 mlrd.486 mln 818 ming so‘mlik 2194 dona sanatoriy yo‘llanmalaridan foydalanildi.