Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasbilik dehqonlar xizmat doirasida!

       O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Kashkadaryo viloyati buyicha mas’ul tashkilotchisi ma’lum kiladiki, 2020 yil  15 yanvar kuni Kashkadaryo viloyati Kasbi tumanida “INDORAMA AGRO” xorijiy korxonasi (klaster) mexnat jamoasi tashbusskor gruxining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu korxonada 1735 nafar ishchi xodimlardan  konferensiyaga saylangan  85 nafar delegat xamda  taklif etilganlar bilan 100 nafar xodim ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda korxonada boshlangich kasaba uyushma tashkilotini tuzish bo‘yicha bir grux ishchi xodimlardan iborat tashbusskorlar gruxi kasaba uyushma tashkiloti tuzish bo‘yicha taklif bilan chikishganini aytishdi. Tarmoq kasaba uyushmasining mas’ul tashkilotchisi I.Omonov suzga chiqib korxonada ishlaydigan ishchi xizmatchilarning ijtimoiy-iktisodiy xuquqlarini ximoya qilish, maqsadida jamoa shartnomasini tuzish zarurligini gapirdi. Ushbu taklifni ma’kullab korxona xodimlaridan X.Buriyev, A.Tog‘aymurodovlar suzga chiqdilar. Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Ochiq ovoz berish tartibi bilan korxonada  5 nafardan iborat boshlang‘ich kasaba uyushma qumitasi tuzildi. Kasaba uyushma qumitasining raisi etib Boboyev Avazmurod saylandi. Shuningdek 3 kishidan iborat taftish komissiyasi a’zolari saylanib taftish komissiyasining raisi etib Xudoyqulov Ulug‘bek nomzodi saylandi. Ushbu saylangan kasaba uyushma qumitasiga korxonada jamoa shartnomasi tuzish kasaba uyushma qumitasining xisob raqamini ochish vazifalari yuklatildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!