Kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
Kasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, a’zolik badallarini muntazam to‘lab boruvchi 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lishi mumkin.
Agar 16 yoshga to‘lgan fuqaro ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lsa yoki o‘quv yurtida tahsil olayotgan bo‘lsa, kasaba uyushmasi a’zoligiga kirishi mumkin.
Kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan, kasaba uyushmasi guruhi, sex, boshlang‘ich tashkiloti yig‘ilishida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish sanasi tegishli qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi.Kasaba uyushmasiga qabul qilingan fuqaroga boshlang‘ich tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi (tashkilotchisi) tomonidan yagona namunadagi a’zolik bileti beriladi.
Kasaba uyushmasi tashkiloti bo‘lmagan korxona, tashkilot, muassasa yoki boshqa ish joylarida xodimlar va o‘quvchilarni kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish kasaba uyushmalarining tuman (shahar) kengashlari rayosatlari, birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir kasaba uyushmasidan boshqa kasaba uyushmasiga o‘tganda, mehnat faoliyati vaqtincha yoxud butunlay to‘xtatilgan hollarda kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmaslik va a’zolik badallarini to‘lab turish sharti bilan, kasaba uyushmasiga a’zolik saqlanib qolinadi.