Joriy yilning 3-mart kuni Qarshi shaxar obodonlashtirish boshqarmasida boshqarma ish beruvchisi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomaning 2019 yilda bajarilishi muhokamasi, hamda xisobot-saylovga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda, Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Omonov Ilhom Farmonovich hamda Qarshi shahar kengashi raisi A.Nurmatovlar ishtirok etdi.
Konferensiyada boshqarmada tuzilgan jamoa shartnomaning 2019 yilda bajarilishi bo‘yicha boshqarma ish beruvchisi tomonidan X.Shukurov va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Eshnazarov hisobot berishdilar.
Ta’kidlandiki, kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchining ijtimoiy sherikligida xodimlar manfaatlarini ta’minlash hamda ularning har tomonlama rag‘batlantirish sezilarli darajada kuchaytirilib, xususan 2018 yil davomida jamoa shartnomasi orqali har bir xodim olgan bevosita va bilvosita daromad miqdori oshganligi ta’kidlandi.
Boshqarma ishchilariga muxsus kiyim bosh bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarni sut mahsulotlari bilan ta’minlash, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish masalalari ham tegishli tartibda o‘z yechimini topgan.
Kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchining samarali ijtimoiy sheriklik asosida olib borgan ishlarining ijobiy natijalarini xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam oldiish ishlarida ko‘rish mumkin. Xususan, 2019 yilda 6 nafar xodim sanatoriya yo‘llanmalari bilan ta’minlanib, o‘z salomatliklarini tikladi.Kasaba uyushmasi tomonidan kam ta’minlangan xodimlarga 3.2 mln sumlik moddiy yordamlar berildi. Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan korxona xodimlari uchun sayohatlar, ma’daniy ma’rifiy tadbirlar, ishchi xodiimlar o‘rtasida turli sport tadbirlari o‘tkazildi.
Konferensiya davomida kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchi ijtimoiy sherikligida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida ham fikr –mulohazalar bildirildi. Konferensiyada delegatlar tomonidan jamoa shartnomaning 2019 yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Shuningdek, 2020 yil 3-mart kuni Qarshi shaxar obodonlashtirish boshqarmasida kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishiga bag‘ishlangan konferensiyasi ham bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi F.Eshnazarovning 2015 yil fevraldan 2020 yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va navbatdagi vazifalarga oid ma’ruzasi hamda taftish komissiyasi raisi R.Xolboyevaning ma’ruzalari tinglandi.
Deligatlar tomonidan boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga F.Eshnazarov nomzodi taklif etildi va unga ishonch bildirilib qo‘llab qo‘vvatlandi.