Qashqadaryo viloyatida 2861 ta hisobot-saylov yig‘ilishlari, konferensiyalari o‘tkaziladigan boshlangich kasaba uyushmalari tashkilotlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunga barchasida ya’ni 2861 tasida ham hisobot-saylov yig‘ilishlari, konferensiyalari o‘tkazildi. Viloyatdagi 51 ta tarmoq kasaba uyushmalari tuman, shahar tashkilotlarining hisobot-saylov konferensiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan 51 ta tarmoq kasaba uyushmalari tuman, shahar tashkilotlarining hisobot-saylov konferensiyalari o‘tkazildi. Shulardan Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar tashkilotlarida to‘liq, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Koson, Qarshi, Dehqonobod, Qamashi, Yakkabog‘ tuman tashkilotlari va Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma tashkilotlarida va Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar tashkilotida hisobot-saylov konferensiyalari Zoom platformasidan foydalanib o‘tkazildi. Bundan tashqari joriy yilning 4 sentabr kuni o‘tkaziladigan Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining hisobot-saylov konferensiyasi hujjatlari to‘liq tayyorlangan. Birlashma konferensiyasiga ishtirok etish uchun 75 nafar delegatlar saylangan. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyiga viloyatdan 15 nafar delegatlar ro‘yxatlari shakllantirildi. Federatsiya Kengashi a’zoligiga 2 nafar a’zo ro‘yxati shakllantirilgan. Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining hisobot-saylov konferensiyasini Zoom platformasidan foydalanib o‘tkazish uchun birlashma kengashining katta majlislar zali kerakli axborot kommunikatsiya aloqa vositalari bilan jixozlandi, shuningdek birlashma zalida delegatlar ishtirokida ham o‘tkazish imkoniyati mavjud. Konferensiyadan oldin birlashma konferensiyasining 75 nafar delegatlariga alohida telegramm kanali ochilib, ularga haqqoniy baho berishlari uchun hisobot ma’ruzasi tashlab berildi.