Joriy mavsum paxta yig‘im-terim ishlarida faollik ko‘rsatayotgan Mirishkorlik eng ilg‘orlar taqdirlanib kelishmoqda. Mirishkorlik Muharram Do‘stovaning oilasi «Eng ilg‘or oila» nominatsiyasiga loyiq deb topilib, viloyat hokimining yorliq va sovg‘alari topshirildi. Viloyat hokimining yorliq va sovg‘alarini Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Ilhom Sabdarov va tuman kengashi raisi Azamat Vakilovlar topshirishdi.