Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi ta’limi muassasalarida yoshlarni milliy armiyamiz mamlakatimiz mustaqilligini saqlash, sarhadlar dahlsizligini ta’minlashning hamda Vatanimizdagi tinch va hotirjam hayotning kafolati ekanligini, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tutgan o‘rni va ahamiyatini yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlash maqsadida “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “Harbiy qismda bir kun” ma’naviy vatanparvarlik, sport tadbirlari o‘tkazildi.