Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Mini futbol” musobaqasini tashkil etildi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan 5 tamoyilning IKKINChI TAShABBUSI  “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ularga sport sohasida o‘z qobilyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish” bo‘yicha xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ayniqsa xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman bo‘linmasi kengashi tashabbusi bilan 8 oktabr kunidan  «1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan “Sport –salomatlik garovi” shiori ostida “Mini futbol”  musobaqasi sport musobaqasiga start berildi. Xususan, maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilardan iborat jamoalar sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Shanba 8 oktabr kuni “REAL- SIT” xususiy korxonasiga qarashli suniy mini futbol maydoni sport bazasi markaziy o‘yingohida bir qancha qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

3-o‘rin uchun kechgan baxsda 101-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda 42-umumta’lim maktab o‘qituvchilaridan tarkib topgan jamoalar maydonga tushishdi. 101-maktab jamoasi 42-maktab jamoasini  5-3 hisobida mag‘lub etib 3-o‘rinni qo‘lga kritishdi.

Musobaqa g‘olibligi uchun kechgan baxs murasasiz kechdi va unda 92-maktab jamoasi 11-maktab jamoasini mag‘lub etib musobaqaning 1-o‘rinini qo‘lga kritishdi. Hisob: 7-6

11-maktab jamoasi 2-o‘rinni egallashdi.

Hakamlarning qaroriga ko‘ra musobaqaning “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchisi” naminasiyasini 5-maktab o‘qituvchisi Eshmatov Boymurod, “Eng mahoratli havaskor sportchi” naminasiyasida 92-maktab o‘qituvchisi Xolliev Nurbek, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” naminasiyasida 42-maktab o‘qituvchisi Yulliev Abduraxim, “Eng jonkuyar ishtirokchi” naminasiyasida 42-maktab o‘qituvchisi Jumaev Fazliddinlar taqdirlanishdi.

Eslatib o‘tamiz, g‘olib va sovrindor jamoalar “Sport-salomatlik” shiori hamda 1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan  O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!