Joriy yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi tomonidan Shaxrisabz shahrida Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tarmoq kasaba uyushmasi faollari va yoshlari faol ishtirok etdilar. Tadbirda faol qatnashgan yoshlarga viloyat kasaba uyushmalari kengashining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.