Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

      O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi mehnat huquq va mehnat texnik inspektorlari tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2023 yil 16 fevraldagi ISh-17/197 sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi  tizimidagi korxona va tashkilotlarda xodimlarga munosib mehnat sharoitlarining yaratilishi hamda mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish sohasidagi ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

   O‘rganish jarayonida tizimdagi korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va mehnatga oid munosabatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, kasb kasalliklari va jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari kulamini oshirish, yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazish ishlarini sifatli tashkil etish, zararli ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish, xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!