1992 yil 10 dekabr — «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Bojxona organlarida har tong xizmat faoliyati Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlanadi. Har bir bojxona xodimi madhiyamiz so‘zlarini yuragidan chuqur his etib, vatanimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.