Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Milliy armiyamiz mustaqilligimizning kafolatidir!”

     Viloyat hokimligi, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari va keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikla O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan harbiy orkestr sadolari ostida maydondagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Bundan tashqari bayram munosabati bilan Mudofaa vazirligi qoshidagi Jamoatchilik Kengashi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot guruxlari tarkibida joylarda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etib, viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yurituvchi yosh xodimlar o‘rtasida “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik mavzusida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Mehnat jamoalarida yurtimizda Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishda erishilayotgan yutuqlarni, milliy armiyaning mamlakatimiz mustaqilligini, suverenitetini saqlashning, sarhadlar dahlsizligini ta’minlashning hamda Vatanimizdagi tinch va xotirjam hayotning kafolati ekanligini targ‘ib etishga qaratilgan “Milliy armiyamiz mustaqilligimizning kafolatidir!” mavzusida barcha mehnat jamoalarida “Ma’rifat soatlari” tashkil etildi. Bunda 21 ming nafardan ortiq xodimlar qatnashgan “Ma’rifat soatlari”da boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari rahbarlari, kasaba uyushma faollari, mudofaa ishlari faxriylari, taniqli shoir va yozuvchilar, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Mehnat jamoalarida xodimlar o‘rtasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” mavzusida madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Joylardagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yoshlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda 15 mingdan ortiq xodimlari va kasaba uyushma faollari hamda aholi vakillari ishtirok etishdi.

Viloyat Kengashi hamda Davlat muassasalari xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi vakillari viloyatdagi harbiy qismlar rahbarlari bilan birgalikda jamoatchilik vakillari ishtirokida harbiy qismlardagi harbiylar bilan uchrashuvlar, sport tabdirlari o‘tkazildi. Ayni paytda “Harbiy qismda bir kun” ma’naviy-vatanparvarlik, sport tadbirlari davom etmoqda.

  Davlat muassassalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat majburiyatini bajarish vaqtida nogiron bo‘lib qolgan 17 nafar Jangchi faxriylarning oilalariga tashrif davomida sovg‘alar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!