“Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilma, sex va bo‘limlaridan vakillar hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda diniy ekstremizm, «ommaviy madaniyat», giyohvandlikka qarshi kurash hamda yosh avlodni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash kabi mavzularda so‘z yuritildi.
Undan tashqari, bugungi kunda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi, bunda yoshlarning milliy qadriyatlarga sodiq qolib, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashadigan qilib tarbiyalash lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, jamiyatda «Kitobxon xodim» hamda «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etishga qiziqishni oshirish yuzasidan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi tuzib olindi.