Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

PILLAChILIK ISTIQBOLLARI

        Pillachilik azaldan qishloq xo‘jaligining istiqbolli sohalaridan bo‘lib kelgan. Bunda qisqa vaqt ichida mo‘l hosil yetishtirish va oila iqtisodiga yaxshigina ulush qo‘shish imkoni mavjud. Shuning uchur qishloq joylarda pilla boqmagan xonadon bo‘lmasa kerak. Deyarli har bir oilada bu bo‘yicha tajriba va ko‘nikmalar mavjud. Ammo iqlimning ta’siri, xo‘jaliklar mulkchilik shaklining o‘zgarishi va boshqa omillar sabab so‘nggi yillarda pilla boqishga qiziqish kamaygandek.

Qarshi shahrida 2024 yil pilla yetishtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan seminarda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi raisi Baxtiyor Jo‘raev va soha mutaxassislari, kasanachi xotin-qizlar qatnashdi.

O‘z navbatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi raisi Baxtiyor Jo‘raev yurtimiz pillakorlariga yaratilgan imtiyozlar haqida to‘xtalib, bir oy pilla parvarish qilgan fuqaroga mehnat daftarchasi ochilishi hamda unga bir yillik ish staji qayd etilishini ham eslatib o‘tdi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni hamda viloyatimiz yoshlarni pillachilikdagi yangiliklardan, sohaning sir-sinoatlari, zahmatlaridan xabardor qilish uchun pilla mavsumi boshlanishi arafasida o‘quv-seminarlar, o‘quv kurslari tashkil etish taklifini bildirdi.

Umuman olganda, viloyatimizda ham pillachilikni rivojlantirish borasida oldinda amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Mazkur soha taraqqiyoti esa viloyatmizda bugungi zamon talablariga to‘la javob beradigan zamonaviy pillachilik korxonalarini ko‘payishi, ularda pilla xomashyosidan tayyor mahsulot yetishtirish ko‘lamlari kengayishi bilan birga viloyatimizda yangi ish o‘rinlari yaratilishida ham asos bo‘ladi.

Qishloq xo‘jalik boshqarmasi, viloyat “Agropilla”, “Radiant Silk” Pillachilik klasteri Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi shahar va tuman tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yib, Jamoa shartnomalari asosida tarmoq xodimlarni, ipak qurti boquvchi kasanachilarni mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishni yo‘lga qo‘yib, ularni va farzandlarini sog‘lomlashtirish tadbirlarini hamkorlikda tashkil etishga kelishib olindi.

Anjumanda ishtirok etgan Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi raisi Baxtiyor Jo‘raev va soha mutaxassislari pillakorlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarishdi.

Maʼlumot uchun, o‘tgan yili Qashqadaryoda 11200 nafar kasanachilar va 9800 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 42200 quti pilla parvarishlanib, 2452 tonna pilla xom ashyosi yetishtirilgan. Joriy yilda esa bu ko‘rsatgichni 2622 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!