Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

JAMOA ShARTNOMASI muhokamasi

    2024 yil 1 mart kuni Qarshi shahar 2-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023-2025- yillar uchun qabul qilingan jamoa  shartnomasining 2023 yildagi ijrosi buyicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh buxgalteri A.Asadov va Qarshi shahar bo‘linmasi kengashi raisi Sh.Yuldashevlar ishtirok etdilar.

Tashkilotda jami 47 nafar pedagog-tarbiyachilar faoliyat ko‘rsatadi. Yig‘ilishda 45 nafar xodimlar ishtirok etdilar, 2 nafar xodim uzrli sabablarga kura ishtirok eta olmadilar.

Jamoa shartnomasi bandlarining 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi, tashkilot direktori Yusupova Farida Ikramovna hamda tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi  Xidirova Surayyo Qudratovnalarning  xisobotlari eshitildi. Shuningdek, jamoa shartnomasi bajarilishini nazorat qilib boruvchi ijtimoiy mehnat komissiyasining dalolatnomasi bilan tanishtirildi.

Muzokara bo‘yicha tashkilot xodimlaridan Karimova Zulayxo, Temirova Dilobar va Abdullaeva Adolatlar  so‘zga chikdilar. Qarshi shahar 2-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi. Jamoa shartnomasiga 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tasdiqlab olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!