Joriy yilning 10 oktabr kuni Qarshi shahar “Obodonlashtirish boshqaramasi”da 7 oktabr «Butun jahon munosib mehnat kuni» ga bag‘ishlab “Munosib mehnat-munosib hayot asosidir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri O.Hazratqulov hamda Tadbirkorlik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari hodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati birlashga qo‘mitasi raisi I.Omonov, Qarshi shahar “Obodonlashtirish boshqaramasi” xodimlari jami 42 kishi ishtirok etdi. Davra suhbatida viloyat kengashining mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri O.Hazratqulov tomonidan “Munosib mehnat-munosib hayot asosidir” mavzusida hamda mexnat soxasidagi o‘zgarish va qonunda bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishtirib o‘tildi. Shuningdek, Tadbirkorlik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari hodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati birlashga qo‘mitasi raisi I.Omonov so‘z olib Xalqaro mehnat tashkilotining 187 va 148 sonli konvensiyalarini mohiyatini ishtirokchilarga atroflicha tushuntirdi. Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mas’ul xodimlar tomonidan javoblar berildi.