Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

O‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

            O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirokida“Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilish (Konferensiya) larini o‘tkazish” mavzusida amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni tuman bo‘linmasi kengashi raisi S.Abdullaev ochib berib, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavida tarmoq tashkilotlarida hisobot-saylovlar har 5 yilda bir marta o‘tkazilishi, kasaba uyushmasi organlari 5 yil muddatda saylanishi belgilab qo‘yilganligi, shuningdek, hisobot-saylov yig‘ilish (Konferensiya) lariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mas’uliyat bilan yondoshib, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” gi Qonuni va me’yoriy hujjatlarga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishini ta’minlash, hisobot-saylov yig‘ilish (Konferensiya) larini o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishi bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!