Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi o‘tkazidi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash, o‘qituvchilarning jismoniy faolligi darajasini oshirish, ta’lim muassasalaridagi sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, Ta’lim muassasasida o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lish, yoshlarda sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsadida hududlarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish orqali ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan iborat jamoalarni shakllantirishdan iborat.

O‘z navbatida, sifatli ta’limni ta’minlashda bevosita ishtirok etayotgan pedagoglar, o‘qituvchilarning ushbu jarayondagi samarali faoliyati ularning aqliy, intellektual, ma’naviy sifatlari bilan bir qatorda ularning jismonan sog‘lom va tetik bo‘lishlarini talab etadi.

Mazkur ishlarning davomi sifatida O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat sport boshqarmasi hamda viloyat yoshlar ishlari boshqarmalari bilan hamkorlikda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari o‘qituvchilari o‘rtasida sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol turlari bo‘yicha “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqa sport turlari bo‘yicha uch bosqichda o‘tkaziladi. Sog‘lom tanda – sifatli talim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqalari sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha o‘tkazidi va uning birinchi bosqichi 2025-yil 21-26-aprel kunlari, ikkinchi bosqichi 5-10 may kunlari tuman (shahar) bosqichlari tashkil etilgan bo‘lsa 3-bosqichi ya’ni viloyat bosqichiga shahar va tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 464 nafar ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar o‘rtasida Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sport bazasida yuqori saviyada o‘tkazildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” g‘olibi G‘uzor tumani o‘qituvchilari bo‘lishdi ularga 30 millionlik pul mukofati va qimmatbaho sovg‘alar hamda bosh sovrin “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” topshirildi.

Shu bilan bir qatorda Musobaqning g‘olib va sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan berilgan 87 dona sport epekirofka sovg‘alar viloyat sport boshqarmasi tomonidan topshirildi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!